
Mashhur sharhlovchi Gennadiy Orlov Chempionlar ligasida gʻoliblikka asosiy daʼvogar boʻlgan jamoalarni tilga oldi. Uning fikricha, Yevropa futbolining oltita grandi, jumladan, Angliya Premer-ligasining uch jamoasi favorit hisoblanadi.
"Real Madrid" oʻz muammolariga qaramay, "PSJ", "Bavariya", "Arsenal" va "Liverpul" bilan bir qatorda Chempionlar ligasining asosiy favoritlaridan biri boʻlib qolmoqda. Bundan tashqari, bugun biz Gvardiolaning "Manchester Siti"si va Erling Holandni yana koʻramiz.
Ushbu jamoalar asosiy sovrin uchun kurashadigan bosh daʼvogarlar", – dedi Orlov "Chempionat" nashriga bergan intervyusida. Shu bilan birga, Orlov "Barselona"ni bu roʻyxatga kiritmaslikka qaror qilganini taʼkidladi.
Uning fikricha, kataloniyaliklar hozirda koʻplab muammolarga duch kelmoqda. Hozirgi kunda Chempionlar ligasining turnir jadvalida "Bavariya" va "Arsenal" 12 ochkodan toʻplab yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek, "Inter" ham ochko yoʻqotmagan, lekin Kristiyan Kivu boshqaruvidagi jamoa hali toʻrtinchi tur oʻyinini oʻtkazmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar