
Liverpul klubi yarim himoyachi Dominik Soboslayga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Vengriyalik futbolchi joriy mavsumda Arne Slot uchun asosiy o‘yinchilardan biriga aylandi.
Klub rahbariyati 25 yoshli futbolchining o‘yinidan hayratda, shuning uchun u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash niyatida. Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotlariga ko‘ra, qizillar Soboslayga 2030 yoki 2031 yilgacha amalda bo‘ladigan mehnat bitimi taklif qiladi.
Dominik Soboslay joriy mavsumda Liverpul safida 15 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Arne Slot 25 yoshli futbolchini markaziy yarim himoyada, shuningdek, unga odatda yot bo‘lgan o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida ham sinab ko‘rmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar