
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘zining taktik yondashuvi haqida fikr bildirdi. So‘nggi o‘yinlarda bu tizim kutilgan natijani bera olmayapti.
Chorshanba kuni “ko‘k-anorranglilar” Chempionlar ligasi doirasida “Bryugge”ga qarshi o‘yinda 3:3 hisobida durang qayd etishdi. Kataloniyaliklar ketma-ket 9 o‘yinda gol o‘tkazib yubormoqda – bu holat so‘nggi 12 yilda kuzatilmagan edi.
“Biz past himoyaviy blokka o‘tishimiz mumkin, lekin o‘z falsafamiz doirasida kuchayishimiz ham zarur. Muammo intensivlikda: agar bu yetishmasa, Chempionlar ligasida natija kutish qiyin bo‘ladi.
Men taktik yondashuvni tubdan o‘zgartiradigan murabbiylardan emasman. Biz o‘z DNK-mizga mos ravishda o‘ynashni xohlaymiz.
Past himoyaviy blok bilan himoyalanish va qarshi hujumda bitta gol urib 1:0 hisobida g‘alaba qozonish bizning uslubimiz emas. 3:3 eng yaxshi natija emas, lekin ijobiy tomoni shundaki, biz har bir o‘tkazilgan g‘oldan so‘ng hisobni tenglashtira oldik”, – dedi Flik matbuot anjumanida.
“Barselona” Chempionlar ligasi umumiy bosqichida to‘rt turdan so‘ng 7 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.
Flik: "Barselona" taktikasi o'zgarmaydi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar