
Fil Foden Chempionlar Ligasi doirasida "Manchester Siti" va "Borussiya" (4:1) o'yinida dubl qayd etib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ushbu o'yindan so'ng "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Fodenning o'yinini yuqori baholadi.
"Menimcha, Foden allaqachon yuqori darajada. Unga bu darajaga yetish uchun yana biror narsa qilish shart emas – u allaqachon shu yerdan joy olgan.
U ikki ajoyib gol urdi. Fodenning bunday natijalarni qayta-qayta ko'rsatganini necha marta kuzatdik, toʻgʻrimi?
Necha marta? U maydonning so'nggi uchdan bir qismida o'zini bag'ishlash va sifat ko'rsatdi.
Bizga aynan shunday narsa yetishmayotgandi. Men xursandman, boshqa futbolchilar ham gol urdi, faqat Xoland emas", – dedi Gvardiola TNT Sports bilan suhbatda.
"Manchester Siti" Chempionlar Ligasi turnir jadvalida to'rt turdan so'ng 10 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Gvardiola Fodenning o'yinini yuqori baholadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar