date

Mourinyu: "Eng yaxshi jamoa yutqazdi"

Mourinyu: "Eng yaxshi jamoa yutqazdi"
“Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyu Chempionlar ligasi doirasida Leverkuzenda “Bayer”ga qarshi kechgan o‘yindan (0:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Lissabonda o‘tgan bahsda mehmonlar 65-daqiqada Patrik Shikning aniq zarbasi evaziga g‘alaba qozonishdi.

“Benfika” hamma narsani qildi, faqat bir narsani eplay olmadi – gol urishni. Eng yaxshi jamoa mag‘lub bo‘ldi.

Bu yagona jamoa edi, u real imkoniyatlar yaratdi. Biz fantastik o‘yin ko‘rsatdik, lekin g‘alaba qozonish uchun gol urish kerak.

Futbolchilar darvozabon, ustun va hatto maydon tashqarisiga zarbalar yo‘llashdi – bu esa o‘yinning yakuniga ta’sir qildi. Men kelajagimizga ishonaman.

Bugungidek o‘ynashda davom etishimiz kerak, shunda g‘alabalar uzoq kuttirmaydi. Bunday o‘yinda biz 10 o‘yindan 9 tasida g‘alaba qozonamiz”, dedi Mourinyu UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

“Benfika” to‘rt turdan keyin umumiy bosqich jadvalida birorta ochko to‘play olmadi va 35-o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinyu: "Eng yaxshi jamoa yutqazdi"