Bryugge va Barselona 3:3 hisobda durang o‘ynadi


UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining to‘rtinchi turida Bryugge o‘z maydonida Barselona bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Belgiyaliklar bosh murabbiyi Niki Xayen ushbu natija haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Biz ushbu o‘yinda ochkolar olishni maqsad qilgan edik. Jamoamiz bo‘sh zonalarni izlab topdi va ulardan muvaffaqiyatli foydalandi.
Barselonaga qarshi uchta gol urdik, bu biz uchun katta yutuqdir", – deydi mutaxassis UEFA matbuot xizmati orqali. Chempionlar ligasi guruh bosqichida to‘rt o‘yin o‘tkazgan Bryugge jami to‘rt ochko to‘plab, turnir jadvalida 22-o‘rinni egallab turibdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…