date

Ronaldu: Messi oldidan Argentina necha marta gʻolib boʻlgan?


Yulduz futbolchi Krishtianu Ronaldu Pirs Morgan bilan oʻtkazgan intervyusining ikkinchi qismida Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasining soʻnggi jahon chempionatidagi gʻalabasi haqida fikr bildirdi. "Messi kelguniga qadar Argentina jahon chempionatini necha marta yutgan?

Ikki marta? Bu odatiy hol.

Bunday yuksak darajadagi terma jamoalar katta turnirlarda gʻalaba qozonishga odatlangan. Masalan, agar Braziliya jahon chempionatini yutsa, bu hech kimni hayron qoldirmaydi.

Ammo agar Portugaliya yutsa, bu, albatta, dunyoni hayratga soladi. Balki bu haqida oʻylamaslik ham kerakdir", - dedi Ronaldu.

Maʼlumot uchun, Argentina terma jamoasi jahon chempionatida 1978, 1986 va 2022 yillarda gʻalaba qozongan. Portugaliya esa hali biror marta ham jahon chempioni boʻlmagan.

Ushbu jamoaning eng yaxshi natijasi 1966 yilda uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritish boʻlgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu: Messi oldidan Argentina necha marta gʻolib boʻlgan?