date

Barselona Erik Garsiyaning jarohati haqida ma'lum qildi


Barselona rasmiy veb-sayti orqali himoyachi Erik Garsiyaning jarohati borasida bayonot berdi. Futbolchining burni sinib ketgani aniqlangan.

Erik Garsiya himoya niqobida o'ynashni davom ettiradi. Uning Seltaga qarshi navbatdagi o'yinda ishtirok etish imkoniyati qo'shimcha tekshiriladi, deyiladi klub xabarida.

Erik Garsiya chorshanba kuni Chempionlar ligasida Bryugge klubiga qarshi safar uchrashuvi vaqtida jarohat oldi. Mazkur o'yinda tomonlar 3:3 hisobida durang o'ynadi.

La Liga doirasidagi Seltaga qarshi uchrashuv 9-noyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Mazkur o'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Barselona Erik Garsiyaning jarohati haqida ma'lum qildi