date

Ruben Amorim Kobi Maynuning kam oʻynash sababini tushuntirdi


Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim yarim himoyachi Kobi Maynu haqida oʻz fikrlarini bildirdi. 20 yoshli futbolchi joriy mavsumda faqat bir marta asosiy tarkibda maydonga tushdi – bu Liga kubogi doirasida Grimsbi bilan oʻyinda boʻlib, jamoa ushbu uchrashuvda magʻlubiyatga uchragan edi.

"Men Maynuning qanday shugʻullanayotganini koʻryapman va u haqiqatan ham oʻynashga loyiq. Ammo, uni maydonga tushirish uchun asosiy tarkibdagi boshqa bir yarim himoyachini olib tashlashimga toʻgʻri keladi, biroq ular juda kuchli oʻyin namoyish etishmoqda," – dedi Amorim UtdDistrict nashriga bergan intervyusida.

Kobi Maynu joriy mavsumda jami sakkiz marta maydonga tushib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, "qizil iblislar" shanba kuni Tottenxemga qarshi oʻyinda maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ruben Amorim Kobi Maynuning kam oʻynash sababini tushuntirdi