date

Deku Flikning tanqidlariga javob berdi

Deku Flikning tanqidlariga javob berdi
Hansi-Diter Flik «Barselona»ning yuqori himoya chizigʻi bilan oʻynagan xavfli uslubi tufayli koʻpincha tanqid qilinadi, ayniqsa, muvaffaqiyatsiz oʻyinlardan soʻng. «Bryugge» bilan 3:3 hisobidagi durangdan keyin Chempionlar ligasida nemis mutaxassisiga bo'lgan tanqidlar yana kuchaydi.

Ushbu mavzuda «koʻk-anorranglilar» sport direktori Deku oʻz fikrlarini bildirdi. "Uslubni muhokama qilishning ahamiyati yoʻq.

Oʻtgan mavsumda ham qiyinchiliklarni boshdan kechirgan edik, ammo ularni yengib oʻtdik. Bu mavsumda ham aynan shunday qilishni rejalashtirganmiz.

Vaziyatni oʻzgartira oladigan yagona narsa esa mehnatkashlik va fidoyilikdir", - dedi Deku «Kamp Nou»da oʻtkazilgan ochiq mashgʻulot paytida. Ayni damda «Barselona» La Liga turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Deku Flikning tanqidlariga javob berdi