date

Ronaldu: “Men bu darajada mashhur bo‘lishni xohlamaganman”

Ronaldu: “Men bu darajada mashhur bo‘lishni xohlamaganman”
Portugaliyalik mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu o‘zining shuhrati haqida gapirar ekan, mashhurlik unga yoqmasligini tan oldi. U bu haqda britaniyalik jurnalist Pirs Morganning intervyusida so‘z yuritdi.

Ronaldu so‘zlariga ko‘ra, u endi hech qayerda tanilmasdan yurish imkoniga ega emas. “20 yil oldin ha, meni tanimaydigan joylar bor edi. Ammo hozir bunday joy qolmadi”, — dedi u. Futbolchi bu holat unga yoqmasligini ham ochiq aytdi: “Bu zerikarli, men bunday darajada mashhur bo‘lishni istamaganman”.

Intervyu davomida jurnalist undan: “Agar sen barcha muvaffaqiyatlarga erishsang, lekin shuhrating bo‘lmasa, bunga rozi bo‘larmiding?” deb so‘radi. Ronaldu esa: “Albatta, 100 foiz rozi bo‘lardim. Men mashhur bo‘lishni emas, faqat muvaffaqiyatni xohlaganman”, — deya javob berdi.

Ronaldu bolalikdan futbol orqali katta yutuqlarga erishishni orzu qilganini, biroq shuhratning haddan tashqari oshib ketishi unga yoqmasligini ta’kidladi. “Men yulduz bo‘lishimni bilganman, lekin bu darajada mashhur bo‘lishni hech qachon istamaganman”, — dedi futbolchi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu: “Men bu darajada mashhur bo‘lishni xohlamaganman”