date

"Real"ning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

"Real"ning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoaning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda "Qirollik klubi" matbuot xizmati xabar berdi.

20 yoshli futbolchi o‘tgan oyda barcha musobaqalarda jamoasi safida to‘rtta o‘yinda qatnashdi va bir golli uzatma amalga oshirdi. Umuman olganda, turkiyalik futbolchi bu mavsumda 15 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 6 ta golli uzatma bergan.

11-turdan keyin "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda va hisobida 30 ochko bor. Jamoa "Barselona"dan besh ochkoga oldinda.

"Real" 9-noyabr kuni safarda "Rayo Valyekano"ga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real"ning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi