
«Barselona» rahbariyati FIFAning eng yaxshilarni taqdirlash marosimiga o‘z futbolchilarini jo‘natmasligi haqidagi qarori tashkilotni ranjitdi. Bu haqda Marca'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Taqdirlash marosimida eng yaxshi futbolchi bo‘lish uchun da’vogar uch futbolchidan biri bo‘lgan kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi hamda yil ramziy terma jamoasidan o‘rin olishga da’vogar bo‘lgan Andres Inesta, Luis Suares va Jerar Pikelar ham ishtirok eta olmaydi.
«Barselona»da bu vaziyatni jamoaning «Atletik»ka qarshi Ispaniya kubogi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish bilan izohlagan. Birinchi uchrashuvda kataloniyaliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar