date

Pep Gvardiola murabbiylikdagi 1000-o‘yinini nishonlaydi

Pep Gvardiola murabbiylikdagi 1000-o‘yinini nishonlaydi

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan “Manchester Siti” – “Liverpul” uchrashuvi Pep Gvardiola uchun faoliyatidagi 1000-o‘yin bo‘ladi. Kataloniyalik murabbiy 18 yillik faoliyati davomida bu bosqichga yetib kelganidan faxrlanishini bildirdi. Uning aytishicha, “Barselona B”da ish boshlagan paytlarida bu darajaga chiqishini hatto tasavvur ham qilmagan.

“Murabbiylikda 1000 ta o‘yinga chiqish — bu katta sharaf. Men faqat ishni sidqidildan bajarib, jamoam bilan to‘g‘ri futbol o‘ynashni xohlaganman”, — dedi Gvardiola. U faoliyati davomida “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Siti”da ishlaganini, bu klublarda doimo to‘liq qo‘llab-quvvatlashni his qilganini ta’kidladi.

Gvardiola, shuningdek, yillar davomida birga ishlagan hamkasblari, futbolchilari va klub xodimlariga minnatdorlik bildirdi. “Hammaga rahmat aytmoqchiman. Eng katta minnatdorchiligim — oilamga. Ular har doim menga ishondi va qo‘llab-quvvatladi”, — dedi u.

Pep Gvardiola zamonaviy futbolning eng muvaffaqiyatli murabbiylaridan biri sanaladi. U faoliyati davomida ko‘plab milliy va xalqaro sovrinlarni qo‘lga kiritgan va hozir “Manchester Siti” bilan navbatdagi yirik yutuq sari intilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pep Gvardiola murabbiylikdagi 1000-o‘yinini nishonlaydi