
Angliya Premer-ligasining 11-turi juda qiziqarli bahslarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Joriy turda deyarli barcha jamoalar o‘ziga yaqin o‘rindagi raqiblariga qarshi maydonga tushadi. Bu esa jamoalar o‘rtasidagi kurashni yanada shiddatli qiladi.
Turnir jadvalining yuqori qismida “Arsenal” 25 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda “Manchester Siti” (19 ochko), “Liverpul” va “Sunderland” (18 ochkodan) joylashgan. 11-tur doirasida “Manchester Siti” “Liverpul” bilan to‘qnash keladi — bu hafta markaziy o‘yini sifatida e’tirof etilmoqda.
Shuningdek, “Tottenhem” va “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Kristal Pelas”, “Brentford” va “Nyukasl” o‘rtasidagi o‘yinlar ham katta qiziqish uyg‘otadi. Jadval o‘rtasidagi raqobat esa jamoalarga ECHL yo‘llanmasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Pastki qismda esa “Vest Xem”, “Nottingem Forest” va “Vulvs” jamoalari xavf zonasidan chiqish uchun kurashni davom ettiradi. “Vest Xem” bu turda “Byornli” bilan, “Lids” esa “Fulhem” bilan to‘qnashadi. APLning 11-turi natijalari chempionatdagi kuchlar nisbatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!