Tottenxem va Nyukasl Tyagoni qoʻlga kiritmoqchi

Brentford hujumchisi Igor Tyago Angliya Premer-ligasining ikki klubi radarida. Trivela nashri xabariga koʻra, "Tottenxem" qishki transfer oynasi ochilishidan avval Tyago bilan aloqaga chiqib, uning mavqeini aniqlashni rejalashtirgan.
24 yoshli hujumchiga "Nyukasl" ham qiziqish bildirmoqda. Joriy Premer-liga mavsumida Tyago oʻn uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini olti bor ishgʻol qilgan.
Hozirda u bir qancha futbolchilar bilan birgalikda eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinni boʻlishmoqda. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Tyagoning bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!24 yoshli hujumchiga "Nyukasl" ham qiziqish bildirmoqda. Joriy Premer-liga mavsumida Tyago oʻn uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini olti bor ishgʻol qilgan.
Hozirda u bir qancha futbolchilar bilan birgalikda eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinni boʻlishmoqda. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Tyagoning bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…