
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasi doirasidagi “Manchester Siti”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Unga ko‘ra, bu uchrashuv nafaqat jamoalar, balki butun futbol muxlislari uchun ham katta ahamiyatga ega.
“Bu juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Men uni sabrsizlik bilan kutyapman, chunki APLda ishlamagan paytlarimda ham televizor orqali bu bellashuvni tomosha qilardim. Bu o‘yinlar Angliya futbolidagi haqiqiy klassika hisoblanadi,” — dedi Slot.
Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, “Liverpul” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi bahslar deyarli har doim muxlislar kutgan darajada o‘tadi. “Bu jamoalar o‘nta holatdan to‘qqiztasida siz kutgan natijani beradi. Shu bois bunday o‘yinlarni hamma intiqlik bilan kutadi,” — deya ta’kidladi u.
Slot Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoalarga ham yuqori baho berdi. “Pep jamoalari haqida menga yoqadigan jihat shuki, ular har safar umid qilgan futbolni ko‘rsatadi. Ular vaqtni bekorga o‘tkazmaydi va menga tobora yoqmay borayotgan zamonaviy futbolning ortiqcha unsurlaridan xoli o‘ynaydi,” — dedi “Liverpul” murabbiyi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!