date

Lautaro: "Muxlislarimizga minnatdorman"

Lautaro: "Muxlislarimizga minnatdorman"
Italiya chempionatining oʻn birinchi tur oʻyinlari davom etmoqda. Milanning "Inter" jamoasi Rimning "Latsio" klubiga qarshi uchrashuvda ikkita gol urdi.

Ushbu gollardan birini jamoa sardori, argentinalik hujumchi Lautaro Martines oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. U klubni qoʻllab-quvvatlash uchun keladigan muxlislarga minnatdor ekanini taʼkidladi.

"Har doim bizni qoʻllab-quvvatlash uchun keladigan odamlarga minnatdorman. Aynan ular uchun har safar golni nishonlashning yangi usullarini oʻylab topishga harakat qilaman.

Bizning muxlislarimiz maydondagi oʻn ikkinchi oʻyinchimizdir", – deydi Lautaroni fcinter1908.it nashri keltiradi. Eslatib oʻtamiz, argentinalik futbolchi 2018-yildan buyon Milan klubida toʻp surib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Lautaro: "Muxlislarimizga minnatdorman"