Ayol hakamlar Superligada o'zini ko'rsatyapti

Ayol hakamlar O‘zbekiston Superligasi o‘yinlarida muntazam ishtirok etmoqda. 28-turda Kristina Sereda AGMK – Navbahor uchrashuvida, Nasibabonu Toshmuhamedova esa Nasaf – Mash’al bahsida AVAR hakami bo‘lib ishlagan. Bugungi Surxon – Sho‘rtan o‘yinida Kristina Sereda va Zilola Rahmatova bosh hakam yordamchilari, Gulshoda Saytkulova zaxira hakami, Dildora Rustamova esa AVAR hakami sifatida faoliyat olib boradi.

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ayol hakamlar O‘zbekiston Superligasi o‘yinlarida muntazam ishtirok etmoqda. Xususan, 28-tur uchrashuvlarida bir nechta o‘yinda ayol hakamlar faoliyat olib borishgan.
Tajribali hakam Kristina Sereda AGMK – Navbahor o‘yinida AVAR hakami sifatida ishlagan bo‘lsa, yosh hakam Nasibabonu Toshmuhamedova Nasaf – Mash’al o‘yinida AVAR hakami sifatida qatnashgan. Bugungi Surxon – Sho'rtan uchrashuvida esa 2025 yilgi mavsumda ilk bor ayol hakamlar bosh hakam yordamchilari sifatida ishlaydi: Kristina Sereda va Zilola Rahmatova bosh hakam yordamchilari, Gulshoda Saytkulova zaxira hakami, Dildora Rustamova esa AVAR hakami sifatida faoliyat olib boradi.
Mazkur jarayon ayol hakamlarning Superliga o‘yinlarida ishtiroki va professional rivojlanishi yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda.






























Izohlar 0
…