date

Barselona Messining Kamp Nouga kelganini bilmay qoldi

Barselona Messining Kamp Nouga kelganini bilmay qoldi
Barselona klubi vakillari sobiq futbolchisi Lionel Messining Kamp Nou stadioniga kutilmagan tashrifi sabab hayratda qoldilar. Futbolchi avvalroq stadionda tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilgan edi.

Sport.es portalining Barselona klubidagi manbalariga koʻra, Messining stadionga kelishi haqida hech kim xabardor boʻlmagan. Argentinalik futbolchining posti ijtimoiy tarmoqlar va yangiliklar saytlarida tez tarqaldi, klub rahbariyati esa bu xabarni ishonchsiz qabul qildi.

Messining stadionga qanday kirgani hozircha nomaʼlum boʻlib qolmoqda. Klub hozirda ushbu tashrifda unga kim yordam berganini aniqlashga urinmoqda.

Futbolchiga yaqin manbalar argentinalikning bu tashrifni klub bilan muvofiqlashtirmaganini va uni oʻz tashabbusi bilan amalga oshirganini tasdiqladi. Maʼlum boʻlishicha, Messi Kamp Nou stadioniga 9-noyabr kuni kechqurun kelgan.

U 14-noyabr kuni Ispaniya hududida boʻlib oʻtadigan Angolaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Argentina terma jamoasiga qoʻshiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Barselona Messining Kamp Nouga kelganini bilmay qoldi