
“Liverpul” klubi vingeri Federiko Keza Italiya terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi o‘yinlariga taklifini rad etdi. Bu haqda “Skuadra adzurra” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo ma’lum qildi.
"Men Federiko bilan tez-tez suhbatlashib turaman. Har qanday insonning qarorini hurmat qilish kerak, bu borada har kimning o‘z pozitsiyasi bor.
Bu masalada boshqa hech narsa deya olmayman", — deydi mutaxassis, insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berganidek. Italiya terma jamoasi noyabr oyida Moldova va Norvegiya terma jamoalariga qarshi ikki uchrashuv o‘tkazadi.
Keza joriy mavsumda “Liverpul” safida 12 o‘yinda maydonga tushib, ikki gol urdi va uchta golli uzatma amalga oshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing