
Bolonya futbol klubi texnik direktori Jovanni Sartori Rossiyalik futbolchi Nikita Iosifov transferiga qiziqish borligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Avvalroq, 24 yoshli vingerga Italiyaning A Seriyasi klublaridan, jumladan Bolonya tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq, Sartori bu maʼlumotni rad etdi: "Iosifovga qiziqish? Yoʻq, bu haqiqat emas", dedi u Euro-Futbol.Ru nashriga bergan intervyusida.
2025/26 yilgi mavsumda Iosifov barcha musobaqalarda 26 oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 800 ming yevroga baholangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar