
Shtutgart jamoasi tayanch yarim himoyachisi Anjelo Shtiller "Manchester Yunayted" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli nemis futbolchi Ruben Amorimning qisqa ro‘yxatidagi birinchi nomzodlardan biri hisoblanadi. Biroq portugaliyalik mutaxassis "Brayton"dan Karlos Baleba va "Kristal Pelas"dan Adam Uorton kabi futbolchilarga ham qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, Shtillerga Angliya Premer-ligasi va La Ligadagi boshqa klublar ham qiziqish ko‘rsatmoqda. Joriy mavsumda Shtiller barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali mutaxassislarining bahosiga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 45 million yevroga teng. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar