date

Messi Parijdagi qiyinchiliklarni esladi

Messi Parijdagi qiyinchiliklarni esladi
Yulduzli hujumchi Lionel Messi "PSJ" safidagi faoliyati haqida gapirdi. Argentinalik futbolchi Parij klubida 2021-2023 yillarda toʻp surgan.

"Siz Barselonada baxtli boʻlganingizni tez-tez aytasiz, lekin Parijda esa unchalik emas…" "Ha, Parijda hammasi yomon boʻlgandek tuyuladi, lekin bu unchalik toʻgʻri emas. Men qiyin boʻlganini aytganimda, futbol oʻynash, mashgʻulotlar yoki oʻyinlarda oʻzimni qulay his qilmaganligimni nazarda tutganman.

Shunchaki, oʻz ishimdan zavq olmaganman. Ammo oilaviy jihatdan ajoyib vaqt oʻtkazdik – shahar juda chiroyli, undan zavqlandik.

Barselonadan birinchi marta ketganimiz uchun hammasi yangilik edi, shuning uchun qiyin boʻldi. Bu jarohatlar bilan emas, balki ichki hissiyotlar bilan bogʻliq edi.

Bu yerda, Mayamida, hammasi boshqacha. Hayotimiz osoyishta: klub yaqin, bolalarning maktabi yaqin, hammasi qulay.

Shahar ajoyib, lekin ha, trafik juda yomon (kuladi)" – dedi Messi Sport.es nashriga. Messi "PSJ" safida jami 75 ta oʻyin oʻtkazib, 32 ta gol va 35 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Messi Parijdagi qiyinchiliklarni esladi