date

Ispaniya murabbiyi Yamal haqida hayratda


Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Kataloniyaning "Barselona" klubida toʻp suruvchi vinger Lamin Yamalning 2026-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari uchun milliy jamoa tarkibidan chiqarilgani haqida fikr bildirdi. "Men hayratdaman, bunday holat mening butun faoliyatim davomida hali yuz bermagan.

Bu holatni normal deb hisoblamayman. Menga hech qanday maʼlumot yetib kelmagan edi, bu yangilikni bilganimda esa hayron boʻldim", - dedi mutaxassis Fabrichio Romano ijtimoiy tarmoqlarida keltirgan soʻzlarida.

Avvalroq, 18 yoshli futbolchining tibbiy koʻrsatmalar tufayli oʻyinlarda qatnasha olmasligi eʼlon qilingan edi. Yamal hamon chov sohasidagi noqulaylik bilan bogʻliq muammolardan aziyat chekmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ispaniya murabbiyi Yamal haqida hayratda