
Italiyaning "Milan" klubi yarim himoyachisi Samuele Ritchi Xorvatiya terma jamoasi va "Real Madrid"ning sobiq futbolchisi Luka Modrich haqida fikr bildirdi. Modrich yozgi transfer oynasida "Real"dan Italiyaning A Seriyasiga yoʻl oldi.
"Luka mening faoliyatim davomida uchratgan eng kuchli futbolchi. Uning oʻyin sifati bilan bir qatorda insoniy fazilatlari, masalan, kamtarligi va mehnatkashligi meni qoyil qoldirdi.
Men undan koʻp narsani oʻrganishga harakat qilaman", – dedi Ritchi pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, 24 yoshli Samuele Ritchi avval "Torino" jamoasida oʻynagan, ammo bu yozda "Milan" klubiga oʻtgan.
Hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida uchinchi oʻrinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar