date

Atletiko Lukman uchun 50 mln yevro toʻlashga tayyor


Atalanta hujumchisi Ademola Lukman Madridning "Atletiko" klubiga oʻtishi mumkin. "Matraschilar" futbolchining vakillari bilan qishki transfer oynasida oʻtish masalasida muzokaralarni boshlagan.

Jurnalist Ekrem Konurning xabariga koʻra, Ispaniya grandi nigeriyalik futbolchi uchun 45-50 million yevro atrofida mablagʻ taklif qilishga tayyor. Oʻtgan yozda "Inter" Ademola Lukmanni sotib olishga harakat qilgan edi.

Biroq, "Atalanta" oʻz yulduzini qoʻyib yuborishni rad etdi. Bergamolik klub bilan 28 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning oʻrtalariga qadar amal qiladi.

Transfermarkt portali ekspertlari uning qiymatini 40 million yevroga teng deb baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Atletiko Lukman uchun 50 mln yevro toʻlashga tayyor