
Ispaniya matbuoti Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonsoning futbolchilar bilan munosabatlaridagi ehtimoliy muammolarni muhokama qilishda davom etmoqda. Jurnalist Romen Molina xabariga koʻra, sobiq bosh murabbiy Karlo Anchelotti davrida baʼzi futbolchilar oʻyinlardan keyin Ibitsaga borishgan.
Italiyalik murabbiy futbolchilarga koʻplab erkinliklar bergan – hatto baʼzi hollarda ular mashgʻulotlarni ham qoldirgan. Ammo xuddi shunday urinishlar Xabi Alonsoning boshqaruvi ostida muvaffaqiyatsiz tugagan.
Manbalarga koʻra, jamoada ispaniyalik murabbiyning qatʼiy yondashuvidan norozi boʻlganlar bor. Ayrim futbolchilar uning oʻyinchilarning shaxsiy hayotiga haddan tashqari aralashishini maʼqul koʻrmayapti.
Xabi Alonso joriy yil yozining boshida Karlo Anchelottining oʻrnini egallagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar