date

Bavariyaning Nikolas Jekson bo'yicha rejalari ma'lum


Bavariya mavsum boshida Chelsidan hujumchi Nikolas Jeksonni ijaraga olgan edi. Senegallik futbolchi asosiy tarkibda muntazam o'rin egallaganicha yo'q, biroq Myunxen klubi ijarani muddatidan oldin bekor qilishni rejalashtirmayotgani haqida Bild xabar bermoqda.

Shunga qaramay, nemis grandlari futbolchini sotib olishni ham rejalashtirmagan. Shartnomada futbolchini 65 million yevroga sotib olish majburiyati ko'zda tutilgan, bu shart Jekson 40 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan taqdirda kuchga kiradi.

Hozirda 24 yoshli futbolchi atigi besh bor asosiy tarkibda o'ynagan, yana yetti o'yinda u zaxiradan maydonga tushgan. Jekson hisobida Bavariya safida uchta gol va bitta golli uzatma mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Bavariyaning Nikolas Jekson bo'yicha rejalari ma'lum