Real Vinisiusga Mbappe maoshini bermaydi

Real Vinisiusga Mbappe maoshini bermaydi
Madridning "Real" klubi va Vinisius Junior moliyaviy masalada kelishuvga erisha olmayapti. Braziliyalik futbolchi klubidagi sherigi Kilian Mbappe oladigan maoshga teng daromad talab qilmoqda.

Biroq, Transfer News Live nashri Sport manbasiga tayanib xabar berishicha, "Qirollik klubi" rahbariyati bu talablarga javob berishni rejalashtirmayapti. 25 yoshli vingerning kelajagi hozircha noma'lum bo'lib qolmoqda.

Manbalarga ko'ra, hozirda Vinisius haftasiga taxminan 400 ming yevro maosh olmoqda, Mbappe esa 600 ming yevro ishlab topmoqda. Braziliyalik yulduzning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar