
Manchester Yunayted qishki transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni jamoaga qoʻshishga shoshilmayapti. Sky Sports xabariga koʻra, hozircha klub rahbariyati yanvar oyida hech qanday transfer amalga oshirishni rejalashtirmayapti, hatto jamoada jarohat olgan futbolchilar borligi va bir qancha oʻyinchilar Afrika Kubogida ishtirok etgani bois safardan chiqib ketishlariga qaramasdan.
Faqat uzoq muddatli transfer maqsadlari orasida boʻlgan futbolchi kutilmaganda erkin boʻlsa, bu qaror oʻzgartirilishi mumkin ekan. Manchester Yunayted klubi qisqa muddatli muammolarni hal qilish uchun transfer bozoriga chiqishni istamayapti.
Bungacha bu yondashuvga bosh murabbiy Ruben Amorim qarshi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 11 tur davomida "qizil iblislar" APL musobaqasida 7-oʻrinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar