
Manchester Yunayted markaziy himoyachisi Matteys de Ligt jamoaning hozirgi darajasi haqida fikr bildirdi. "Qizil iblislar" mavsum boshini unchalik muvaffaqiyatli boshlamadi, biroq keyinchalik o‘z o‘yinlarini yaxshiladi.
Hozir Ruben Amorim boshchiligidagi jamoa Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. To‘rtlikdan atigi bir ochko orqada.
"Biz to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanmoqdamiz. Albatta, biz hali erishmoqchi bo‘lgan darajadan uzoqdamiz, lekin o‘sish davom etmoqda.
Hozir jamoamiz yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda, oxirgi besh o‘yinda mag‘lub bo‘lmadik. Umid qilamanki, xalqaro tanaffusdan so‘ng bu tendensiya davom etadi", dedi niderlandiyalik futbolchi VoetbalPrimeur nashriga bergan intervyusida.
Manchester Yunayted keyingi turda, 24-noyabr kuni, o‘z maydonida Evertonni qabul qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.