date

Yamalning jarohati Ispaniya terma jamoasini xavotirga soldi


Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona" vingeri Lamin Yamalning holati haqida yangi izoh berdi. 18 yoshli futbolchi chov sohasidagi muammolar sabab klubdagi tibbiy muolajalar tufayli terma jamoadan chiqarib yuborilgan edi.

Avvalroq de la Fuente bu vaziyat terma jamoa vakillarini hayratda qoldirganini aytib o‘tgan edi. "Yamal juda xafa.

U terma jamoaga sodiq. U o‘yinlarni sabrsizlik bilan kutgan edi, lekin juda xafa holda jamoani tark etdi.

U klubda ajoyib mavsum o‘tkazishni, shuningdek, Finalissima va Jahon chempionatida qatnashishni orzu qiladi. Eng ko‘p azob chekayotgan aynan uning o‘zi.

U doimo terma jamoaga kelishni xohlaydi. Lamin xafa va tushkun holda ketdi.

Aksini aytadigan har qanday kishi yolg‘on gapiradi yoki yomon niyatlarni ko‘zlaydi", – deydi de la Fuente "El Larguero" dasturida. Ispaniya terma jamoasini oldinda Jahon chempionati–2026 saralash bosqichi doirasida Gruziya (15-noyabr) va Turkiya (18-noyabr) jamoalariga qarshi o‘yinlar kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yamalning jarohati Ispaniya terma jamoasini xavotirga soldi