
Manchester Yunayted jamoasi oʻz oʻyin chizigʻini kuchaytirish uchun ikki yarim himoyachi transfer qilmoqchi. “Qizil iblislar” 2026-yil davomida ikki futbolchini sotib olishni rejalashtirmoqda, biroq ulardan biri qishki transfer oynasida keladimi, hozircha nomaʼlum.
Jurnalist Ben Jeykobzning xabariga koʻra, rahbariyat qishda yarim himoyachi transfer qilishga qaror qilsa, eng asosiy nomzod sifatida Madridning Atletiko jamoasidan Konor Gallaxer koʻrilmoqda. Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, 25 yoshli ingliz futbolchisining narxi 40 million yevro.
U Ispaniyaga koʻchib oʻtishdan avval oʻz vatani Angliyada Londonning Chelsi jamoasida oʻynagan edi. Hozirda Manchester Yunayted APL turnir jadvalida 11 turdan soʻng 7-oʻrinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.