date

Sakkiz klub Serie A yulduzini xarid qilmoqchi


Atalanta hujumchisi Ademola Lukman ko'plab Yevropa klublari e'tibor markazida turibdi. Jurnalist Ekrem Konnur xabariga ko'ra, Galatasaray futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Lukmanning qaroriga Turkiyada Viktor Osimhenning o'ynayotgani ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shuningdek, 28 yoshli futbolchiga Inter, Roma, Napoli, Atletiko, Tottenhem, Aston Villa va Vest Hem klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Atalanta o'z hujumchisini 55-60 million yevro atrofida sotishga tayyor. Joriy mavsumda nigeriyalik futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda o'nta uchrashuvda maydonga tushib, bir marta gol urgan.

Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sakkiz klub Serie A yulduzini xarid qilmoqchi