date

Anchelotti Endrikning Jahon chempionatiga borishi haqida gapirdi


Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Endrikning milliy jamoa kelajagi haqida fikr bildirdi. Italiya mutaxassisidan Madridning "Real" klubi hujumchisi 2026-yilgi Jahon chempionatida qatnashadimi, deb soʻrashdi.

"U juda muhim futbolchi, Braziliya futbolidan chiqqan isteʼdodlardan biri. Biz uning faoliyatini kuzatib bormoqdamiz.

Men Endrikni Jahon chempionatida oʻynash uchun "Real"ni tark etishi kerak, deb aytganim notoʻgʻri talqin qilingan", - deya Anchelottining soʻzlarini keltiradi AS. Joriy mavsumda Endrik "Real" safida faqatgina bir uchrashuvda maydonga tushgan.

Mish-mishlarga koʻra, 19 yoshli futbolchi tez orada "qaymoqranglilar" klubini tark etishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Endrikning Jahon chempionatiga borishi haqida gapirdi