
Manchester Yunayted jamoasi Jeydon Sanchoni ijaradan qaytarishni rejalashtirmoqda. Ammo "qizil iblislar" futbolchini asosiy tarkibda ko'rish niyatida emas.
Klub Sanchoni yanvar oyida sotish maqsadida muddatidan oldin qaytarishi mumkin. Bu haqda Transfer News Live portali Football Insiderga asoslanib xabar berdi.
Kuz fasli boshida Sancho Aston Villa jamoasiga ijaraga berilgan edi. Ammo 25 yoshli vinger ikki yarim oy davomida Birmingem jamoasida o'zini namoyon eta olmadi.
Manbalarga ko'ra, Sanchoni yana Dortmundning Borussiya jamoasi tarkibiga qo'shish varianti ko'rib chiqilmoqda. Uning savdosi Manchester Yunaytedga Vitor Roque transferini moliyalashtirishda yordam berishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.