
Angliya Premer-ligasi klublari "Aston Villa" va "Sanderlend" Italiyaning "Latsio" jamoasi yarim himoyachisi Matteo Genduzi bilan yana qiziqish bildirishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchi so‘nggi paytlarda jamoa yarim himoyasining yetakchisidan rahbariyatni tashvishga solayotgan o‘yinchiga aylangan. Mavsumni yaxshi boshlagan Genduzi diskvalifikatsiya olganidan keyin o‘z formasi darajasiga qaytolmayapti.
Il Messaggero nashrining xabariga ko‘ra, Genduzi yerda olib borilgan kurashlarning faqat yarmida, havodagi kurashlarning esa atigi uchdan birida muvaffaqiyat qozongan. Rimliklar bosh murabbiyi Mauritsio Sarri yarim himoyachidan yaxshi o‘yin kutishda davom etmoqda, biroq Genduzi endi "teginilmas" futbolchi sifatida ko‘rilmayapti.
"Latsio" Genduzining transfer qiymatini 25–30 million yevro atrofida baholamoqda va unga mos o‘rinbosar topilsa, uni sotishni ko‘rib chiqishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.