
Italiya chempioni “Napoli” jamoasi oʻz tarkibini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. Transfer News Live nashri Sport Mediasetga tayanib xabar berishicha, klub “Liverpul”da toʻp surayotgan vinger Federiko Kyezani ijara asosida oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda.
28 yoshli Kyeza hozirda “Liverpul” safida koʻp oʻyin amaliyotiga ega emas. Angliya Premyer-ligasi va Chempionlar ligasi bahslarida futbolchi biror marta ham asosiy tarkibda maydonga tushmagan.
U faqat Angliya Liga Kubogi oʻyinlarida asosiy tarkibda oʻynagan. Transfermarkt portali mutaxassislarining fikricha, Federiko Kyezaning transfer qiymati 18 million yevro atrofida baholanmoqda.
“Napoli” jamoasi ayni damda A Seriya turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.