date

Messining "Kamp Nou"ga tashrifi sababli mish-mishlar

Messining "Kamp Nou"ga tashrifi sababli mish-mishlar
Lionel Messi bir necha kun avval "Kamp Nou" stadioniga kutilmagan tashrif buyurib, ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Klub prezidenti Joan Laporta Messi bu tashrif haqida unga oldindan xabar bermaganini aytib, Leoning "Barselona"ga bo‘lgan his-tuyg‘ularini namoyon qilayotganini ta'kidladi.

Shu bilan birga, Ispaniya matbuotida Messi tashrifining orqasida oddiy hissiyotlardan ko‘ra kattaroq sabablar borligi haqida taxminlar tarqaldi. Klub direktorlar kengashida Messining tashrifi Laportaning siyosiy raqiblariga bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida gumonlar mavjud.

"Barselona" prezidenti saylovlari 2026 yilda o‘tishi rejalashtirilgan. Bungacha Messi Laporta raqiblaridan birini qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Shu sabab, Messining "Kamp Nou"ga tashrifi ehtimoliy saylovoldi kampaniyasining bir qismi bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messining "Kamp Nou"ga tashrifi sababli mish-mishlar