date

Fabio Kapello Milan derbisini tahlil qildi

Fabio Kapello Milan derbisini tahlil qildi
Kelasi haftaning oxirida, milliy jamoalar oʻyinlari tugagach, Italiya yana bir Milan derbisi muhitiga shoʻngʻiydi. A Seriyasida birinchi oʻrinni egallab turgan "Inter" uchinchi oʻrinda borayotgan "Milan" bilan toʻqnash keladi.

"Rossonerilar"ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello ushbu oʻyin haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Pulisichni koʻryapman, u jamoa liniyalarini bogʻlab turadi.

"Inter" qanotlardan hujum qiladi, "Milan" esa koʻproq markaz orqali oʻynaydi. Himoyada "Milan" zonal uslubda oʻynasa, "Inter" shaxsiy pressingga koʻproq eʼtibor qaratadi", - dedi Kapello pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Kapello 90-yillarda "Milan"ni boshqargan. Shuningdek, u Rossiya terma jamoasi murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fabio Kapello Milan derbisini tahlil qildi