
Krishtianu Ronaldu Irlandiya va Portugaliya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka oldi. Avvaliga u sariq kartochka bilan jazolangan edi, biroq VAR tizimi aralashuvidan soʻng jazosi qattiqlashtirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 40 yoshli futbolchining raqib futbolchilardan birini "yigʻisini oʻchirishga" ishora qilib, kamsituvchi harakat qilganini koʻrsatuvchi videolar paydo boʻldi. Oradan koʻp oʻtmay, Ronaldu qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Portugaliya terma jamoasi Irlandiyaga safarda 0:2 hisobida magʻlub boʻlib, 2026 yilgi Jahon chempionatiga muddatdan oldin yoʻllanma olish imkoniyatini boy berdi. Endi portugallar Ronaldu ishtirokisiz Armanistonni magʻlub etishi yoki 16-noyabr kuni oʻtkaziladigan guruhdagi boshqa oʻyinning ular uchun qulay natija bilan yakunlanishini kutishi kerak.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.