Pedri: Yamalning yoshi kattaga xos pishiqligi bor

Pedri: Yamalning yoshi kattaga xos pishiqligi bor
Barselona yarim himoyachisi Pedri jamoadoshi Lamine Yamal haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Lamine – ajoyib.

Uning yoshida bunday darajaga yetgan futbolchilar juda kam. U juda yetuk inson va shaxsiy hayoti haqida gap-so'zlar tarqalganda ham hech qachon yo'ldan chiqmaydi.

Yamal bu bosimlarga tabiiy ravishda bardosh beradi, holbuki u endigina 18 yoshda", – dedi 22 yoshli yarim himoyachi intervyusida. Joriy mavsumda Lamine Yamal 11 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

May oyining oxirida esa iste'dodli futbolchi "Barselona" bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar