
Mashhur murabbiy Karlo Anchelotti "Real" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi. "Jud ajoyib futbolchi.
Agar uni kim bilandir taqqoslash kerak bo'lsa, bu Kaka bo'ladi. U aynan shunday o'yinchilar toifasiga kiradi: juda aqlli, jismonan kuchli va jarima maydonchasiga kerakli paytda kirishni aniq biladi.
Men hech qachon Bellingemning xarakteridan shikoyat qilmaganman. U juda professional, jiddiy va mashg'ulotlarda ko'p mehnat qiladi, xuddi boshqa ingliz futbolchilari kabi.
U hech qachon norozilik bildirmagan", – dedi Anchelotti Goal portaliga Rest is Football podkastiga tayanib. Eslatib o'tamiz, Karlo Anchelotti yozda Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.