
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Juliano Simeone oʻzining jamoa safidagi oʻyinlari haqida fikr bildirdi. U 2022-yildan beri asosiy jamoada toʻp surmoqda, undan oldin bir necha yil yoshlar jamoasida oʻynagan.
"Darvozaga zarba berish va hujumlarni yakunlash kabi oʻyin aspektlarini yaxshilashim kerak. Darajamni oshirish uchun koʻplab jihatlarni takomillashtirish zarur.
Har bir oʻyin tugagach, uni qayta koʻrib chiqaman. Barcha oʻyinlarimni tahlil qilaman", — deydi futbolchi Cadenaser nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi klub darajasida 16 oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali Simeonening transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.