Eduardo Lobos Rossiya va Chili o‘yiniga fikr bildirdi

Eduardo Lobos Rossiya va Chili o‘yiniga fikr bildirdi
Sobiq "Krylya Sovetov" klubi darvozaboni va Chili terma jamoasi a’zosi Eduardo Lobos Rossiya va Chili o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi haqida fikrlarini bildirdi. U "Yevro-Futbol.Ru" nashriga bergan intervyusida mazkur o‘yin haqida quyidagilarni aytib o‘tdi: "Menimcha, bu juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi.

Chili terma jamoasi Jahon chempionati saralashidan o‘ta olmaganidan so‘ng qayta qurilmoqda. Bosh murabbiy yangi futbolchilar kombinatsiyalarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Rossiya terma jamoasi esa 17 o‘yindan beri mag‘lubiyatni bilmay kelmoqda va bu o‘yin Chili uchun muhim sinov bo‘ladi. Har holda, umid qilamanki, Chili g‘alaba qozona oladi", - dedi Lobos.

FIFA reytingida Chili terma jamoasi 56-o‘rinda, Rossiya esa 30-pog‘onada joylashgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar