date

Karlo Anchelotti: Estevao – ajoyib isteʼdod


Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 18 yoshli "Chelsi" futbolchisi Estevao Vilyanning oʻyinidan hayratda ekanligini maʼlum qildi. Shanba kuni yosh vinger Senegalga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:0) Braziliya terma jamoasining gʻalabasida muhim rol oʻynadi va oʻz hisobiga bitta gol yozdirib qoʻydi.

"Estevaoning isteʼdodi haqiqatan ham ajoyib. U yosh boʻlishiga qaramay, shunday oʻyin koʻrsatayotgani meni hayratga solmoqda.

U hujumlarni ajoyib yakunlaydi, uning oʻyinida sehr bor va u juda mehnatkash. Shuni aytishim mumkinki, Estevao bilan Braziliya terma jamoasining kelajagi yorqin koʻrinadi", – dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Moʻjizakor futbolchi allaqachon Braziliya terma jamoasi safida oʻtkazgan 10 uchrashuvda 4 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karlo Anchelotti: Estevao – ajoyib isteʼdod