
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi Djek Grilishning 2026-yilgi Jahon chempionatida Angliya tarkibida qatnashish imkoniyati yoʻqligini taʼkidladi. 30 yoshli futbolchi joriy mavsum boshidan beri "Manchester Siti"dan ijara asosida "Everton"da oʻynab kelmoqda va oʻz faoliyatini qayta boshlashga harakat qilmoqda.
"Grilish kelasi yozgi taʼtilini rejalashtira boshlasa ham boʻladi – u Tuxelning tarkibiga kirmaydi. Hatto Gordonning jarohati ham bunga sabab boʻla olmaydi", dedi Runi ingliz OAVlariga.
Joriy Premyer-liga mavsumida Grilish 10 ta oʻyinda bir gol urdi va toʻrt marta assistentlik qildi. Futbolchi Angliya terma jamoasi safida oxirgi oʻyinini oʻtgan yilning oktyabr oyida oʻtkazgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.