date

Meyson Grinvud Liga 1ning oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Meyson Grinvud Liga 1ning oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Marsel klubi vingeri Meyson Grinvud Fransiya chempionati Liga 1ning oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb eʼlon qilindi. Ovoz berish natijalariga koʻra, Grinvud 38% ovoz toʻplab, birinchi oʻrinni egalladi.

Ikkinchi oʻrinni Strasburg klubi futbolchisi Xoakin Panichelli (32%), uchinchi oʻrinni esa Nitssa vakili Sofyan Diop (30%) band qildi. Oktabr oyi Grinvudning ushbu mavsumdagi eng samarali davri boʻldi.

Angliyalik futbolchi Gavr jamoasiga qarshi oʻyinda toʻrtta gol urishga muvaffaq boʻldi, umumiy hisobda esa u bir oy ichida toʻrtta oʻyinda beshta gol urdi. Uning jamoasi Fransiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda va PSJdan ikki ochko ortda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Meyson Grinvud Liga 1ning oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi