
“Liverpul” va Vengriya terma jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslay 2026-yilgi jahon chempionati saralash bosqichining soʻnggi uchrashuvida Irlandiya terma jamoasi muxlislarini provokatsiya qildi. Uchrashuv Budapeshtda boʻlib oʻtdi.
Final bosqichiga yoʻl olish uchun vengriyaliklarga durang natija ham yetarli edi. Mezbonlar ikkinchi golni urib, hisobni 2:1 koʻrinishiga olib chiqishgach, Soboslay raqib muxlislariga masxaraomuz kloun ishoralarini koʻrsatdi.
Natijada irlandlar hisobni tenglashtirishdi va uchrashuvning 96-daqiqasida gʻalaba golini urishdi. Shu tariqa, Irlandiya Vengriyani ortda qoldirib, guruhda ikkinchi oʻrinni egalladi.
Endi Irlandiya jamoasi ikkinchi oʻrinlarni egallagan jamoalar uchun oʻtkaziladigan pley-off bosqichida ishtirok etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.